O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Bosh sahifa

  • RONALD JEYMS POLLETT: O‘ZBEKISTON HAR TOMONLAMA ULKAN SALOHIYATGA EGA MAMLAKAT

    61 marta ko'rildi 16 Fevral,2018

    Concrete

    Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri "Jeneral elektrik" korporatsiyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida fikrlarini bildirdi:

    – Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul, mazmunli va samarali muloqot uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.

    Birinchilardan bo'lib izohlang! Batafsil ko'rish...
  • MAKTABGACHA TA’LIM – ERTANGI KUNIMIZGA ZAMIN

    93 marta ko'rildi 15 Fevral,2018

    Concrete

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 2017-yil 16-avgust va 19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda bu masala atroflicha muhokama qilingan edi. 2017-yil 30-sentabrda Prezidentimiz tomonidan “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari chog‘ida o‘tkazilgan majlislarda ham bu borada ko‘plab vazifalar belgilab berildi.

    Birinchilardan bo'lib izohlang! Batafsil ko'rish...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI O‘RINBOSARI, STRATEGIYA VA MOLIYA VAZIRINI QABUL QILDI

    87 marta ko'rildi 14 Fevral,2018

    Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 13-fevral kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Kim Dong Yonni qabul qildi.

    Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik barqaror sur’atlar bilan kengayib, an’anaviy do‘stona aloqalar va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Birinchilardan bo'lib izohlang! Batafsil ko'rish...
  • BARCHA SA’Y-HARAKATLARIMIZ OBODLIK, BUNYODKORLIK VA AHOLI FAROVONLIGIGA XIZMAT QILSIN

    99 marta ko'rildi 12 Fevral,2018

    Concrete Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida bo‘ldi.

    Toshkent shahrida so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugun poytaxtimiz tom ma’nodagi qurilishlar maydoniga aylangan. Yangidan-yangi inshootlar, korxonalar, tibbiyot va ta’lim muassasalari, sport majmualari, ravon yo‘llar, ko‘priklar, mahalla guzarlari, bozorlar, bog‘lar, xiyobonlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu boradagi ishlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jadallik bilan davom ettirilmoqda.

    Davlatimiz rahbari dastlab Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishidagi 2-bosqich qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shavkat Mirziyoyev bu kabi murakkab jarayon nafaqat mablag‘, balki aqliy mehnat va yuksak mahorat, chuqur bilim va tafakkur, yuqori texnologiyalarni talab qilishini ta’kidladi.

    Qurilishga 200 dan ortiq ishchi va muhandis, 40 ta texnik vosita va mexanizm jalb etilgan. Metro qurilishiga Germaniyadan yerosti tunnelini qaziydigan kompleks, burg‘ulash va temir-beton qoziq qoqish texnikasi, shuningdek, GFR va Xitoy kranlari olib kelingan.

    Qurilayotgan metro uchastkasining uzunligi 2,9 kilometr bo‘lib, uni 2019 yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

    Birinchilardan bo'lib izohlang! Batafsil ko'rish...
Barcha yangiliklarni o'qish
Arxiv
Barcha yangiliklarni o'qish
Interfaol
xizmatlar
Me'yoriy-huquqiy
hujjatlar
Shakllar va
blanklar
Moliya vazirligi
mediateka
Hududiy
bo'linmalar
 
 
 
MUROJAAT MASALALARINING TEGISHLILIGI BO`YICHA JAMI MUROJAATLARDAGI ULUSHI

2017 yil yakuni bo`yicha

 
next
prev

So'ngi nashirlar

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28        

Yangi sayt to'g'risida fikringiz

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 4696 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd