РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Bosh sahifa

Barcha yangiliklarni o'qish
Arxiv
  • BYUDJET TASHKILOTLARI, BYUDJET MABLAG’LARI OLUVCHILAR VA BYUDJET MABLAG’LARINI TAQSIMLOVCHILAR TOMONIDAN 2019 YIL UCHUN BYUDJET SO’ROVINI TUZISH BO’YICHA

    11 marta ko'rildi 20 Aprel,2018

    O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 85-moddasiga muvofiq 2019 yil uchun byudjet so’rovini tayyorlash hamda 2020-2021 yillar uchun xarajatlar prognozini tegishli moliya organlariga taqdim etish tartibi ishlab chiqildi.

    Ushbu tartibga muvofiq har bir vazirlik va idoralar o’ziga ishonib topshirilgan sohada davlat siyosatini amalga oshirishlarini ta’minlash va byudjet loyihasini shakllantirishda ularning rolini oshirish maqsadida joriy yilda tajriba tariqasida kelgusi davr uchun byudjet so’rovi byudjet tashkilotlari, byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga taqdim etishlari ko’rsatildi.

    Birinchilardan bo'lib izohlang! Batafsil ko'rish...
  • DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI 2018 YILNING 1-CHORAGIDA O’TKAZGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

    48 marta ko'rildi 19 Aprel,2018

    Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 1-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi.

    O’tkazilgan jami 844 ta nazorat tadbirlaridan 661 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 33,0 mlrd.so’mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 5,1 mlrd.so’mni, noqonuniy xarajatlar 24,8 mlrd.so’mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg’armalar mablag’lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag’lar 3,2 mlrd.so’mni tashkil etdi.

    Nazorat tadbirlarini o’tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko’rsatmalarga asosan aniqlangan 20,8 mlrd.so’m miqdoridagi noto’g’ri sarflangan mablag’lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 650 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

    Birinchilardan bo'lib izohlang! Batafsil ko'rish...
  • SOLIQ MASLAHATCHILARI VA SOLIQ MASLAHATCHILARI TASHKILOTLARI DIQQATIGA!

    4 marta ko'rildi 19 Aprel,2018

    O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 21 sentyabrdagi O’RQ-55-son “Soliq maslahati to’g’risida”gi Qonuniga asosan soliq maslahatchisi vakolatli davlat organi belgilagan tartibda o’z malakasini oshirishi shart (14-modda).

    Soliq maslahatchilari tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda soliq maslahati bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari to’g’risida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan o’tishi haqida axborot taqdim etishi shart (12-modda).

    Birinchilardan bo'lib izohlang! Batafsil ko'rish...
  • BUGUNGI KUNDA UMUMTA’LIM MAKTABI O’QITUVCHISINING O’RTACHA OYLIGI QANCHA?

    110 marta ko'rildi 19 Aprel,2018

    Moliya vazirligiga hozirgi vaqtda o’qituvchilarning oyligi qanchaligi yuzasidan ko’plab savollar kelib tushmoqda. E’tiboringiz uchun, umumta’lim maktabi o’qituvchilarining o’rtacha oylik ish haqi miqdorlari to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tishni lozim topdik.

    Bugungi kunda umumta’lim maktablarining malaka toifaga ega bo’lmagan oliy ma’lumotli boshlang’ich sinf o’qituvchisining oylik maoshi 1 133 700 so’mni, shu toifadagi yuqori sinf o’qituvchisining oylik maoshi 1 004 547 so’mni tashkil etadi.

    Birinchilardan bo'lib izohlang! Batafsil ko'rish...
Barcha yangiliklarni o'qish
Interfaol
xizmatlar
Me'yoriy-huquqiy
hujjatlar
Shakllar va
blanklar
Moliya vazirligi
mediateka
Hududiy
bo'linmalar
 
 
 
MUROJAAT MASALALARINING TEGISHLILIGI BO`YICHA JAMI MUROJAATLARDAGI ULUSHI

2018 yil fevral oyi uchun

 
next
prev

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Yangi sayt to'g'risida fikringiz

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 386 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd