O'zbekiston yangiliklari
-
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING QANDIM GAZNI QAYTA ISHLASH MAJMUASINING ISHGA TUSHIRILISHIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI NUTQI
35 marta ko'rildi 20 Aprel,2018Xonimlar va janoblar!
Avvalo, sizlarni Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi yakunlangani va uning ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bugungi tantanali marosimda qutlab, ushbu muhim voqea bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.
Birinchi navbatda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalariga doimo ahamiyat berib, katta e’tibor qaratib kelayotgani uchun minnatdorlik bildiraman.
-
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRINI QABUL QILDI
47 marta ko'rildi 19 Aprel,2018O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari mustahkamlanib, strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.
-
IQTISODIYOTDA HISOB-KITOBLAR HOLATINIYAXSHILASH – BARQARORLIK OMILI
62 marta ko'rildi 18 Aprel,2018O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
-
IQTISODIY ISLOHOTLAR MAMLAKAT RAVNAQI VA AHOLI FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI
86 marta ko'rildi 16 Aprel,2018O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida viloyat har tomonlama rivojlandi, shahar va qishloqlar obod bo‘lib, aholi farovonligi oshdi. Hududda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida qurilish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Tender va tanlovlar
-
Written by Diana Gardanova
AXBOROT XISOBLASH TEXNIKASI XARIDI BO`YICHA E`LON
37 marta ko'rildi 17 Aprel,2018№
Tovar nomi
O`lchov birligi
Soni
Narxi
Jami
1
Monoblok 24 dyum, operativ xotira, qattiq disk 1Tb.
dona
27
3 637 000
98 199 000
2
Printer, skaner, nusxa ko`chirgich lazerlik uskuna 3tasi1
dona
12
1 816 750
21 801 000
-
Written by Diana Gardanova
KOMPYUTER VA PRINTERLARNI XARID QILISH BO’YICHA TANLOV E’LON QILINADI
30 marta ko'rildi 27 Mart,2018Moliya vazirligi xodimlari uchun ish faoliyatida foydalanishi maqsadida, 9 ta dona kompyuter Monoblok va 2 ta dona ko’p vazifali Printer qurilmalarini xarid qilish bo’yicha tanlov e’lon qilinadi.
-
Written by Diana Gardanova
NOTBUK XARID QILISH BO’YICHA TANLOV E’LON QILINADI
149 marta ko'rildi 13 Fevral,2018Moliya vazirligi ish faoliyatida foydalanishi uchun zamonaviy 1 (bir) dona Noutbuk xarid qilish bo’yicha tanlov e’lon qilinadi.
-
Written by Diana Gardanova
MOLIYA VAZIRLIGI XODIMLARIGA ISH JARAYONIDA FOYDALANISH UCHUN KOMPYUTER JIHOZLARI VA ORGTEXNIKALARNI SOTIB OLISH BOʻYICHA TANLOV EʼLON QILINADI
209 marta ko'rildi 19 Yanvar,2018Moliya vazirligi xodimlariga ish jarayonida foydalanish uchun quyidagi kompyuter jihozlari va orgtexnikalarni sotib oladi. Kompyuter jihozlari va orgtexnikalarning roʻyxati va texnik xususiyatlari quyida keltirilgan.
1. Monoblok – (Apple iMac 27, Prosessor: Intel Core i5 prosessor, tezkor xotira: 8GB, qattiq disk: 1TB hard drive, 5400 rmp, Ekran: 27 retina 5120x2880 Full HD, Kardrider: SD, SDHC i SDXC, USB: USB 3.0 kamida 4 portli. Tarmoq: Ethernet LAN port + wifi (802.11 ac)+Bluetooth 4. Ikkinchi monitorni ulash imkonining mavjudligi. Klaviatura va sichqoncha zarur: simsiz, optikli. Ovoz chiqaruvchi qurilmalar: stereo, ichki oʻrnatilgan. Qoʻshimcha portlar: HDMI uchun kirish va chiqish, audio kirish va chiqish. Operatsion tizim: Mac OS X Yosemite) - 1 dona.
Vazirlik yangiliklari
-
BYUDJET TASHKILOTLARI, BYUDJET MABLAG’LARI OLUVCHILAR VA BYUDJET MABLAG’LARINI TAQSIMLOVCHILAR TOMONIDAN 2019 YIL UCHUN BYUDJET SO’ROVINI TUZISH BO’YICHA
11 marta ko'rildi 20 Aprel,2018O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 85-moddasiga muvofiq 2019 yil uchun byudjet so’rovini tayyorlash hamda 2020-2021 yillar uchun xarajatlar prognozini tegishli moliya organlariga taqdim etish tartibi ishlab chiqildi.
Ushbu tartibga muvofiq har bir vazirlik va idoralar o’ziga ishonib topshirilgan sohada davlat siyosatini amalga oshirishlarini ta’minlash va byudjet loyihasini shakllantirishda ularning rolini oshirish maqsadida joriy yilda tajriba tariqasida kelgusi davr uchun byudjet so’rovi byudjet tashkilotlari, byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga taqdim etishlari ko’rsatildi. -
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI 2018 YILNING 1-CHORAGIDA O’TKAZGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT
48 marta ko'rildi 19 Aprel,2018Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 1-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi.
O’tkazilgan jami 844 ta nazorat tadbirlaridan 661 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 33,0 mlrd.so’mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 5,1 mlrd.so’mni, noqonuniy xarajatlar 24,8 mlrd.so’mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg’armalar mablag’lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag’lar 3,2 mlrd.so’mni tashkil etdi.
Nazorat tadbirlarini o’tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko’rsatmalarga asosan aniqlangan 20,8 mlrd.so’m miqdoridagi noto’g’ri sarflangan mablag’lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 650 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. -
SOLIQ MASLAHATCHILARI VA SOLIQ MASLAHATCHILARI TASHKILOTLARI DIQQATIGA!
4 marta ko'rildi 19 Aprel,2018O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 21 sentyabrdagi O’RQ-55-son “Soliq maslahati to’g’risida”gi Qonuniga asosan soliq maslahatchisi vakolatli davlat organi belgilagan tartibda o’z malakasini oshirishi shart (14-modda).
Soliq maslahatchilari tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda soliq maslahati bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari to’g’risida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan o’tishi haqida axborot taqdim etishi shart (12-modda). -
BUGUNGI KUNDA UMUMTA’LIM MAKTABI O’QITUVCHISINING O’RTACHA OYLIGI QANCHA?
110 marta ko'rildi 19 Aprel,2018Moliya vazirligiga hozirgi vaqtda o’qituvchilarning oyligi qanchaligi yuzasidan ko’plab savollar kelib tushmoqda. E’tiboringiz uchun, umumta’lim maktabi o’qituvchilarining o’rtacha oylik ish haqi miqdorlari to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tishni lozim topdik.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarining malaka toifaga ega bo’lmagan oliy ma’lumotli boshlang’ich sinf o’qituvchisining oylik maoshi 1 133 700 so’mni, shu toifadagi yuqori sinf o’qituvchisining oylik maoshi 1 004 547 so’mni tashkil etadi.
2018 yil fevral oyi uchun
Obuna bo'lish
Statistika
Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda
Arxiv
-
O'zR Prezidentining matbuot xizmati
-
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
-
O'zR ochiq ma'lumotlar portali
-
O'zbekiston Respublikasi hukumat portali
-
Me'yoriy-huquqiy xujjatlarni muhokamasi
-
O'zR Davlat soliq qo'mitasi
-
O'zbekiston Respublikasi bojxona qo'mitasi
-
Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi
- Bosh sahifa
- Forum
- Bog'lanish
- Sаyt xаritаsi
- Murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi
- Axborot himoyasi siyosati
- s
Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing
© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi
Закрыт меню
- Bosh sahifa
- Faoliyat
- Moliya vazirligi tizimi
- Xizmatlar
- Ochiq vazirlik
- Aloqa