РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Seshanba, 06 Fevral 2018

Shakli NHH nomi Sana
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida № 740 18.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida byudjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida № 3242 24.08.2017
Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obʼektlar boʻyicha xulosalar tayyorlash va ularni vazirlar mahkamasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida № 32 07.02.2012
Ijtimoiy va fuqaro obʼektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida № PQ-1666 27.11.2011
Taʼlim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini byudjetdan tashqari umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida № PQ-1645 21.11.2011
Byudjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida № 291 10.12.2010
Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida № 395 12.09.2003
Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida № 302 03.07.2003
Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida № 456 21.11.2000

Sug‘urta” bo‘limida 2018 yil 30 yanvar holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri joylashtirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublikaning turizm salohiyatini, birinchi navbatda investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. 2018-yil 10-fevraldan boshlab Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.

2. 2018-yil 10-fevraldan boshlab fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoxud O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni nazarda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyuldan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy turizm mahsulotini targ‘ib qilish markazi» DUK O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK etib qayta tashkil etilsin, unga respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilishni tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklatilsin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28        

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 703 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd