РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Juma, 09 Fevral 2018

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53-sonli qaroriga asosan 2018 yilda paxta to’qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladigan tashkilotchilari ro’yxati aniqlandi.

To’qimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2018 yil paxta xom ashyosi hosili doirasida sinab ko’rishni hisobga olgan holda hududlarda paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish to’g’risidagi takliflari qabul qilindi ushbu 2018 yilda paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladigan 13 ta tashkilotlarga hududlardan ushbu ishlab chiqarishni to’qimachilik sanoati korxonalari hamda fermer xo’jaliklari o’rtasida paxta xom ashyosini etishtirish va etkazib berish yuzasidan to’g’ridan-to’g’ri kontraktatsiya shartnomasini tuzish asosida tashkil etish nazarda tutilgan bo’lib, jami 140 901ga er maydoniga ega bo’lgan mavjud fermerlar biriktiriladi.

O’zbekistonda paxta-to’qimachilik ishlab chiqaruvchilari hamda fermer xo’jaliklari o’rtasida paxta xom ashyosini etishtirish va etkazib berish borasida to’g’ridan-to’g’ri kontraktatsiya shartnomasi tuziladigan bo’ldi. Bu Vazirlar Mahkamasining paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorida belgilab qo’yildi.

Qarorga ko’ra, O’zbekistonning turli hududlarida 13 ta paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladi. Bu tashkilotlar er, suv va boshqa resurslardan samarali va oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish, paxta xomashyosini o’z vaqtida yig’ib terib olishga ko’maklashadi.  Shuningdek, paxtani chuqur qayta ishlash va qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi jami er maydoni 1 gektardan ko’proq er uchastkasiga ega bo’lgan yagona soliq to’lovini to’lovchilari tomonidan 2018 yilda er solig’ini to’g’ri hisoblab chiqarilishini ta’minlash maqsadida qo’yidagilar ma’lum qilinadi.   

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bir oy muddatda yagona soliq to’lovchilarining er solig’ini hisoblab chiqish va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash topshirilgan.

Shunga ko’ra, jami er maydoni 1 gektardan ko’proq er uchastkasiga ega bo’lgan yagona soliq to’lovini to’lovchilar 2018 yil uchun er solig’i hisob-kitobini yuqoridagi Nizom tasdiqlangandan keyin taqdim etadi.

2018-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ikki davlat rahbarlari 2017-yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi samarali tashrif ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston – Turkiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ushbu tarixiy tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, bank-moliya, transport, turizm va boshqa muhim sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur kelishuvlarni hayotga to‘liq va o‘z muddatida tatbiq etish, muhim loyihalarni jadallashtirish maqsadida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida muntazam ravishda muloqotlar olib borilishi va uchrashuvlar o‘tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28        

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 500 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!