РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Bosh sahifa

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbuslari bilan e’lon qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da vazirlik tizimini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirish yuzasidan bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Yagona idoralararo elektron ijro nazorati tizimini joriy etish to’g’risida”gi F-5017-son farmoyishi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 47-sonli Rayosat majlisining bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “UNICON-SOFT” MChJ bilan hamkorlikda joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Ijro intizomini nazorat qilish yagona tizimi, ya’ni “mf.ijro.uz” elektron dasturiy ta’minoti shakllantirildi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-oktyabr kuni Oʻzbekistonda AQSH biznesi haftaligi tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yil may oyida AQSHga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalari strategik sheriklikning yangi davrini boshlash imkonini berdi. 

AQSHning “Jeneral Elektrik”, “Boing”, “SiEnEych Indastrial”, “Jon Dir”, “Xanivell”, “Silverlif”, “Uayt end Keys” va boshqa koʻplab kompaniyalari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va innovatsiya sohalaridagi oʻzaro hamkorlik kengaymoqda. 

Concrete

22 oktyabr kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamg’armasi (XVJ) missiyasi bilan davlat moliyaviy statistikasini yuritish (GFS) va byudjet-soliq ochiqligini baholash (FT) bo’yicha A.Sayedj xonim boshchiligida uchrashuv o’tkazildi. Missiya joriy yilning 2 noyabriga qadar bo’lib turadi.

Joriy yilning iyun oyida XVJ tomonidan byudjet-soliq ochiqligi, davlat moliyaviy statistikasining sifatli tuzilishi va davlat sektorida ochiq ma’lumotlar ishonchliligini baholash o’tkazildi. XVJ ning oldindan baholash natijalariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida byudjet-soliq ochiqligini ta’minlash tajribasi XVJ byudjet-soliq sohasida ochiqlikni ta’minlash tajribasi bo’yicha Kodeks printsiplarining 36 ta bazaviy standartlar yoki yanada yuqori standartlarning faqat 16 tasiga javob berishi aniqlandi. Shu munosabat bilan, xalqaro valyuta jamg’armasi talablariga muvofiq, davlat moliyaviy statistikasini tayyorlash sifatini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbilar o’tkazish zarur.

Narhni shakllantirish va QQS bo’yicha ortiqcha summani qaytarishni muvofiqlashtirish jamlanma boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari - Xudayberdiev Kamoliddin Ustemirovich

Telefon raqami: (0-371) 239-15-86

El. manzil: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.



Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 23 Oktyabr 2018 11:39

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻldi. 

Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktyabr kuni boʻlib oʻtdi. 

Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Tashrif asnosida jami 20 ta hujjat imzolandi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 22 Oktyabr 2018 12:09

Joriy yilning 4-oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibidagi Professional tashkilotlar bilan o’zaro xamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish bo’limida mavjud bo’sh ish o’rinlariga 3 bosqichdan iborat tanlov o’tkazilishi to’g’risida e’lon qilingan edi.

1-bosqich yakuniy natijalariga ko’ra, mazkur lavozimga zahiraga o’tish istagida 17 nafar nomzodlardan hujjatlar kelib tushgan bo’lib, shulardan quyida keltirilgan 11 nafar nomzodlarning hujjatlari tanlov talablariga mos ravishda (O’zbek va ingliz tillarida CV hamda bayon) berilganligi uchun keyingi bosqichga o’tganligi ma’lum qilinadi.

1. Mamatov Bexzod
2. Otajonov Baxtiyor
3. Jo’raev Otabek
4. Ibragimov Javoxir
5. Abdusalomov Otaxonbek
6. Maxkamboev Komil
7. Tursunov Xusniddin
8. Meyliev Laziz
9. Xamraev Zafar
10. Xo’jamberdiev Bexzod
11. Karimkulov Shoxolim

1-bosqichdan o’tgan nomzodlar 2018 yil 22 oktyabr kuni soat 14:00ga Moliya vazirligi binosiga suhbat o’tkazish uchun taklif etiladi.

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy.

Ma’lumot uchun tel: 8(371) 239-88-73. Sh. Do’manov. 

Concrete

Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari yakunida salmoqli hujjatlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qoʻshma bayonotni imzoladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024-yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021-yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish boʻyicha yoʻl xaritasi, Oʻzbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini taʼminlash toʻgʻrisidagi bitim, Toʻqimachilik sanoatida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim oʻzaro almashildi.

 

Soliq va bojxona tarif-siyosati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari - Mirzayev Fayzulla Ibodullayevich

Telefon: (99897) 447-3447

E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Qabul kunlari: Har ish kuni 9.00 dan - 18.00 gacha

"O'zbekiston soliq tizimi bo'yicha sharh"

Qisqacha ta'rifi: 2018 yil 28 fevralda XVF soliq islohotlarini amalga oshirish bo'yicha  missiyasi bilan o'tkazilgan seminar bo'yicha taqdimot materiallari.

Quyidagi tillarda mavjud: Ingliz.

Batafsil tanishib chiqish



Normativ-huquqiy hujjatlar

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 22 Oktyabr 2018 10:09

Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining 2018 yil I-chorak ijrosi toʻgʻrisida ma'lumot

Concrete

Auditorlik tashkilotlari ustav kapitali va auditorlar soniga yuqori talablar auditorlik xizmatlari bozoriga kirish hamda yangi auditorlik tashkilotlarini yaratish imkonini chegaralab kelmoqda edi. Shu munosabat bilan auditorlik xizmatlari bozorida teng sharoitlar yaratish va raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan yangi tartib o’rnatilmoqda va  2019 yil 1 yanvardan boshlab:

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi;
  • auditorlik tashkilotlari ustav kapitaliga minimal talablar bekor qilinadi. Bunda auditorlik tashkilotlari ustav kapitali auditorlik faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablag’lari bilan shakllantiriladi;
  • auditorlik tashkilotlari asosiy ish joyi hisoblanadigan auditorlarning minimal soni to’rttadan kam bo’lmagan shtatdagi auditorlardan tashkil topadi; 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 765 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd