РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Bosh sahifa

 

Tarjimai holi:

1969 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Millati: oʻzbek.
Maʼlumoti: oliy, 1990 yilda Toshkent politexnika institutini, 1993 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo’shma Shtatlari Kentukki universitetini tugatgan.

 

Avvalgi ish faoliyati:

1986 – 1987 yy.  - 
Toshkent politexnika instituti talabasi
1987 – 1989 yy. - Harbiy xizmat
1989 – 1990 yy. - Toshkent politexnika instituti talabasi
1990 – 1993 yy. - Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
1993 – 1994 yy.  - Amerika Qo’shma Shtatlari Kentukki universiteti talabasi
1994 – 1998 yy. - “AIG Treyding Grupp” kompaniyasining O’rta Osiyodagi vakili
1998 – 1998 yy. - O’zbek-Amerika “UzAIG” sug’urta kompaniyasining tijorat risklari bo’yicha anderrayteri
1998 – 2000 yy. - O’zbek-Amerika “UzAIG” sug’urta kompaniyasi Bosh menejeri
2000 – 2002 yy. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari
2002 – 2004 yy. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari – Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi boshlig’i
2004 – 2005 yy. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari
2005 – 2007 yy.  - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o’rinbosari
2007 – 2016 yy. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi boshlig’i – moliya vaziri o’rinbosari
2016 – 2018 yy. - O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi
2018 – 2019 yy. - “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi vazifasini bajaruvchisi
2019 y. – h.v. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari 

Oilali, 3 ta o’g’li bor.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 15 Fevral 2019 15:02


Vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari  asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalari farmoyishlari va boshqa aktlari, Oʻzbekiston Respublikasi Farmonlari, Qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va Farmoyishlari, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nizomi talablarini bajarilishini taʼminlaydi. 

Vazirlikning quyidagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatini bevosita nazorat qiladi:

1. Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi;

2. Davlat organlari, prokuratura va sud tizimi faoliyatini moliyaviy ta'minlash boshqarmasi;

3. Byudjetdan tashqari Pensiya Jamgʻarmasi.

Quyidagilarni amalga oshiradi:

1. Xalq taʼlimi, kadrlarni tayyorlash, fan madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash muassasalari va tadbirlarini saqlab turish uchun Respublika Davlat byudjeti boʻyicha xarajatlarni  prognozlashtirish hamda ularni moliyalashtirish ustidan nazorat;

2. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sudlar, prokuratura, adliya, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi muassasalari, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Senati va Oliy majlisi deputatlarini saylash boʻyicha Davlat byudjet xarajatlarini rejalashtirishga, rahbarlik qilish, qayd etilgan respublika byudjetida turuvchi tabdirlarni moliyalashtirish;

3. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya taʼminotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar,  ijtimoiy nafaqalar, kompesatsiya toʻlovlari va boshqa toʻlovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorining qayta hisoblab chiqishini taʼminlash ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish.
 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 14 Fevral 2019 11:32
Concrete

  

O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari

O’zining ish faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlis palatasi qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlariga,shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Nizomlariga muvofiq amalga oshiradi.

Funksiyalari va joriy faoliyati

Tarjimai holi

Telefon raqami: (71) 239-46-46  

Qabul kunlari:  Seshanba 10.00 dan - 12.00 gacha

Concrete

Fuqarolarga mehnat davrini tasdiqlash jarayonida moliyaviy va vaqt sarf-xarajatlarini kamaytirish imkonini berish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish juda muhim qadamdir. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha xalqaro interfaol seminar-yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi va Rossiya Federatsiyasi Pensiya jamg'armasi o'rtasida fuqarolarning ish tajribasini tasdiqlash uchun murojaatlarni qabul qilishda rasmiy kanallar orqali elektron hujjat aylanishiga o'tish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Fevral 2019 17:48

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 1 fevraldagi 365-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “IFAT-AUDIT” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzdagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2008 yil 22 fevralda berilgan 00205-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 25 yanvaridan tugatildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Fevral 2019 17:43
Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Fevral 2019 17:42

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi  «Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3877 sonli Qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirlikning Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari  va davlat qarzi boshqarmasida (keyingi o’rinlarda “Davlat qarzi boshqarmasi” yoki “DQB” )mavjud quyidagi vakant lavozimlarga qaytadan tanlov e’lon qiladi.

1.    «STATISTIK VA MAKROIQTISODIY AXBOROTLAR BILAN ISHLASH» BO’LIMI BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i uchun qo’yiladigan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash bo’yicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
2. Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Word, Excel, Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish.
3. Statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 977 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd