РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Xodimlar bilan ishlash

23841 marta ko'rildi

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash masalalarini Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi orqali amalga oshiradi, bu boshqarma moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasining mustaqil boshqarmasi hisoblanadi.

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi o‘z faoliyati davrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining qarorlari, boshqa qonunchilikda belgilangan xujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga, xodimlar bilan ishlash masalalariga doir buyruq va yo‘riqnomalar hamda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi.

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati Bosh boshqarmalari, boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya va g‘aznachilik boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan xamkorlikda olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarni ishga olishda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining shu masalaga taaluqli moddalari asosida amalga oshiradi.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 - pasport yoki uni o‘rnini bosadigan boshqa xujjat, 16 (o‘n olti) yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa,

- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi “Guvohnoma”ni va turar joyidan ma‘lumotnomani; 

- mehnat daftarchasini - birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma‘lumotnomani;

- xarbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilarga tegishlicha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

- qonun hujjatlariga muvofiq, maxsus ma‘lumotga yoki maxsus tayyorgarlikga ega shaxslargagina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.

Moliya vazirligi markaziy apparatida Oliy o'quv yurtlari magistratura talabalari amaliyot o‘tishlari tartibi

 Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining tuzilmasi

 Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining asosiy vazifalari

Xodimlar bilan ishlash bo‘limi

Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xodimlar bilan ishlash jarayonida qo‘llaniladigan alohida qabul qilingan, me'yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 17 May 2018 17:52

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 577 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!