РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OAB vakillarini akkreditatsiyasi

6187 marta ko'rildi

OAB vakillarini akkreditatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 541-I-sonli «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II-sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi 243-sonli “O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Moliya vazirligi hamda uning tassarufidagi tashkilotlar faoliyatining o‘z vaqtida va xolisona yoritilishini ta’minlash maqsadida, OAV vakillari vazirlik huzurida akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin.

Muhbirlarni akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya qilingan muhbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari yuqorida ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasining qarorida tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi to’g’risidagi nizomiga muvofiq tasdiqlangan (ko'chirib olish PDF 0.34MB).

Moliya vazirligi huzurida o‘z vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan OAVdan bosh muharrir nomidan rasmiy blankada, imzo va muhr ko‘rsatilgan holda buyurtmanoma yuborilishi lozim. Ushbu buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

•     ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
•    ixtisoslashuvi;
•    tarqalish hududi;
•    elektron pochta manzili;
•    tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
•    akkreditatsiyaga taqdim etilgan muhbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
•    kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muhbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muhbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.

Moliya vazirligining 2006 yil 16 noyabrdagi “Moliya vazirligining Axborot xizmatini tashkil etish to’g’risida” 459-sonli buyrug’i (buyruq matni rus tilida, ko'chirib olish PDF 0.2MB)

“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot xizmati to’g’risida Nizomi” Moliya vazirligining 2006 yil 16 noyabrdagi buyrig’i bilan tasdiqlangan (Nizom matni rus tilida, ko'chirib olish PDF 0.27MB) 

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 22 Fevral 2018 12:45
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « Me'yoriy-huquqiy xujjatlar Soha nashrlari »

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Yangiliklar taqvimi

« May 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 523 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd