РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

Moliya vazirligining markaziy apparati vakant lavozimlari ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin "Fuqarolar uchun xizmatlar - Bo'sh ish o'rinlari".

Concrete

Joriy yilning 3-5 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori Yo.E.Tursunov boshchiligidagi vakillari Qirg‘iziston Respublikasining poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

Konferensiyada nufuzli xalqaro ijtimoiy institutlar, jumladan, Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar Xalqaro Assotsiatsiyasi (MAPSF), Ijtimoiy ta’minot Xalqaro Assotsiatsiyasi (MASO), Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EEK) hamda Gruziya, Moldaviya, Qirg‘iziston, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston mamlakatlarining ijtimoiy soha va pensiya ta’minotiga oid tashkilotlar vakillari qatnashdilar. 

Koʻrsatkichlar

Soni, kishi

1.    Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami

37

shulardan kelmaganlar

11

2.    Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 

16

3.    Malaka imtihonidan oʻtmaganlar

9

4.    Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan  auditorlarning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan uzaytirilganlar

1

Moliya vazirligi G’aznachiligi tizimida gumanitar yordam va texnik ko’mak vositalarining hisobini yuritishning o’ziga xos hususiyatlari quyidagilardan iborat:

- G’aznachilik tizimi faoliyatida zamonaviy axborot-texnologiyalari keng joriy etilgan bo’lib, byudjet tashkilotlari va g’aznachilik o’rtasidagi o’zaro elektron ma’lumotlar almashinuvi imkoniyati yaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018 yil 15 maydagi 185-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida”gi (AV №3016, 26.05.2018 y.) nizomning  5-bandida buyurtmachi va ishtirokchilar hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans to’lovlarini kiritganlaridan so’ng elektron davlat xaridlariga qo’yilishi belgilangan.

Agentlikning 2018 yil 29 iyundagi 01G’12-1-2561-sonli xatida byudjet buyurtmachilari tomonidan shaxsiy kabinet orqali auktsion o’tkazilishi to’g’risidagi e’lon joylashtirilgandan yoki elektron do’konda ishtirokchining ofertasi tanlanganidan so’ng portalning zarur bo’ladigan avans to’lovi summasi haqidagi ma’lumoti asosida 1 (bir) ish kuni mobaynida byudjet buyurtmachilari tomonidan Operatorning maxsus hisobraqamiga avans mablag’lari o’tkazilishi ta’minlash lozimligi qayd etilgan. 

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 1-yarim yilida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi.

O’tkazilgan jami 2 837 ta nazorat tadbirlaridan 2 334 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 279,2 mlrd.so’mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 35,9 mlrd.so’mni, noqonuniy xarajatlar 122,6 mlrd.so’mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg’armalar mablag’lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag’lar 120,7 mlrd.so’mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o’tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko’rsatmalarga asosan aniqlangan 56,8 mlrd.so’m miqdoridagi noto’g’ri sarflangan mablag’lar belgilangan tartibda tiklanishi taʼminlandi hamda 1 547 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

2018 yil 12 iyulda, Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasining Bosh vazir o`rinbosari – moliya vaziri Jamshid Kuchkarov Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo`yicha vitse-prezidenti Siril Myuller o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Yig'ilishning boshida tomonlar O'zbekiston Respublikasi hukumati va Jahon banki o'rtasida 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash uchun kredit mablag'larini ajratish to'g'risida kelishuvni imzoladilar.

Concrete

2018 yil 13 iyul, Toshkent shahri, EOAVA Media Xoll,“Zarafshon”
“FUQOROLAR UCHUN BYUDJET 2018”MATBUOT ANJUMANI
Matbuot axboroti

Joriy yilning 13 iyul kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi va “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi bilan hamkorlikda birinchi marta chop etilayotgan “Fuqarolar uchun byudjet”nashriga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Matbuot anjumanida vazirliklar, idoralar, O’zbekistondagi xorijiy davlatlar vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etdi.

Concrete

Moliya vazirligida Bosh vazir o'rinbosari, Moliya vaziri - Jamshid Kuchkarov va "Veolia" kompaniyalari guruhi Vitse-prezidenti Malika Genduriya va boshqa vakillar ishtirokida muzokaralar o'tkazdi.

Concrete

Vil Savelevich 1937 yilda tavallud topgan boʻlib, umrining 35 yili Moliya vazirligi tizimi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. O'z faoliyatini 1961 yildan boshlab, oddiy nazoratchi-taftishi lavozimidan vazir oʻrinbosarigacha lavozimlarda ishlagan. Mustaqilligimizning ilk kunlarida Moliya vaziri oʻrinbosari, keyinchalik Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimlarida samarali mehnat qilgan va koʻpgina shogirdlar yetishtirgan moliyachi hisoblanadi. Mehnat Shuxrati medali bilan taqdirlangan.

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug’iga asosan «Kapital Sug’urta» aktsiyadorlik jamiyatining 2015 yil 30 dekabrda berilgan seriyasi SF 00208-raqamli litsenziyani majburiy sug’urta qismining amal qilishi 2018 yil 02 iyuldan boshlab 10 (o’n) ish kuniga to’xtatildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil iyul oyida birinchi darajali (iyun oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi hamda mehnat ta’tili) to’lovlarining moliyalashtirilishi yuzasidan o’tkazilayotgan tizimli monitoring natijalari bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari xodimlarining birinchi darajali to’lovlarini o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash maqsadida 532,5 mlrd. so’m miqdorida maqsadli mablag’lar ajratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi, hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

Komissiyaning 2017 yil 30 dekabrdagi yig’ilish bayoni bilan 2018 yil Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish manzilli ro’yxati hamda Jamg’arma daromadlari va xarajatlari prognoz ko’rsatkichi tasdiqlandi. Shunga asosan Jamg’armaning 2018 yilgi daromadlari prognoz ko’rsatkichi 323,5 mlrd.so’m, xarajatlari 246,9 mlrd.so’m etib belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi, hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

Komissiyaning 2017 yil 30 dekabrdagi yig’ilish bayoni bilan 2018 yil Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish manzilli ro’yxati hamda Jamg’arma daromadlari va xarajatlari prognoz ko’rsatkichi tasdiqlandi. Shunga asosan Jamg’armaning 2018 yilgi daromadlari prognoz ko’rsatkichi 323,5 mlrd.so’m, xarajatlari 246,9 mlrd.so’m etib belgilandi.

Concrete

Respublikamizda bozor infratuzilmasini izchil takomillashtirish natijasida auditorlik xizmatlari bozori shakllantirildi, auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi yaratildi, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy qilindi. 

Shu bilan birgalikda, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning jahon auditi rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tanqidiy o’rganish, chet el davlatlari qonunchiligi va xalqaro amaliyotni tahlil qilish, auditorlik tashkilotlari, buxgalterlar va auditorlarning professional birlashmalari vakillari bilan o’tkazilgan muhokamalar, auditorlik faoliyatini tartibga solishning amaldagi tizimini takomilllashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. 

2018 yilning 28 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi, Axborot-hisoblash markazi mutaxassislari O’zbekiston Respulikasi Markaziy bank mutaxassislari bilan birgalikda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida innovatsion g’oyalarni tadbiq qilgan holda, Davlat byudjeti mablag’larini shakllantirish va ularni maqsadli yo’naltirishda yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 362-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Audit-Taxlil XXI» auditorlik tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi hududida tashabbus tarzdagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2008 yil 14 martda berilgan 00201-sonli litsenziyaning amal qilishi 2018 yilning 20 iyunidan tugatildi.
 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 25 iyundagi 361-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «ASR AUDIT ANDIJON» auditorlik tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi hududida tashabbus tarzdagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2016 yil 14 sentyabrda berilgan 00739-sonli litsenziyaning amal qilishi 2018 yilning 20 iyunidan tugatildi.
 

Xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va bo’sh lavozimlarga ishga kirmoqchi bo’lgan nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ishga yollash shaffofligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14 iyunida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug’i qabul qilindi.

Buyruqda ishga yollashning yangicha va zamonaviy tizimi joriy etilishi ko’zda tutilgan bo’lib, unga asosan tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va xodimlar malakasini oshirish tartibi, shuningdek tizim zahira kadrlarini shakllantirish va xodimlar bilan ishlash tartibi to’g’risidagi Nizomlar tasdiqlangan.

Monopol mahsulotlar ro’yxati va turlarini tubdan qisqartirish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro printsiplariga o’tishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori qabul qilindi.

Concrete

2018 yilning 22 iyun kuni Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o’quv markazida Moliya vazirligi G’aznachiligi mutaxassislari tomonidan hududiy g’aznachilik bo’linmalari xodimlari uchun “Davlat byudjetining g’azna ijrosida buxgalteriya hisobi va hisobotlari” mavzusida o’quv-treyning o’tkazildi.

Concrete

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish, xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish kabi ustuvor yo’nalishlari nazarda tutilgan.

Amalga oshirilayotgan islohotlar davomi sifatida 2018 yilning 26-27 iyun kunlari Moliya vazirligi Jahon banki hamda BMTning Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida byudjetni rejalashtirishning innovatsion uslublarini joriy etish bo’yicha ishlarni sifatli amalga oshirish maqsadida “O’rta muddatli byudjetni rejalashtirish, dasturiy byudjetlashtirish va byudjetlararo munosabatlar” mavzusida Xalqaro seminar o’tkazilmoqda.

Buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ayrim Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar tayyorlandi:

22-sonli BHMS «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar hisobi» (ro’yxat raqami 1364, 2004 yil 21 may);

4-sonli BHMS «Tovar-moddiy zaxiralari» (ro’yxat raqami 1595, 2006 yil 17 iyul);

5-sonli BHMS «Asosiy vositalar» (ro’yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar).

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zamonaviy, original, osonlik bilan tan olinadigan logotipini yaratish uchun professional grafik dizaynerlar, rassomlar hamda rassomlik mahoratga ega bo'lgan kreativ shaxslar uchun tanlov e’lon qilmoqda.

Logotipning mafkuraviy va g'oyaviy tarkibi vazirlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga, shuningdek qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos bo’lishi lozim.

Respublikamizda bozor infratuzilmasi izchil ravishda takomillashtirilib borilishi natijasida auditning qonuniy asoslari shakllantirildi.

Auditorlik xizmatlari bozorini takomillashtirish bo’yicha qator qarorlar qabul qilinishiga qaramasdan oxirgi yillarda auditorlik faoliyatining jadal rivojlanishi kuzatilmayapti, auditorlik kasbining halqaro miqyosdagi faoliyatga uyg’unlashuvi past darajada qolmoqda, qabul qilingan chora-tadbirlarning natijalari yangi raqobatbardosh auditorlik tashkilotlari sonining o’sishini etarli darajada ta’minlay olmayapti. 

Concrete

21.06.2018 yil holatiga

mln. so’m

 

Hududlar nomi

Joriy yilning iyun oyida to’lab berilgan jami ijtimoiy nafaqalar

 
 

Hammasi

124 887,1

 

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

13 505,2

 

2

Andijon viloyati

10 604,7

 

3

Buxoro viloyati

5 780,5

 

4

Jizzah viloyati

7 171,9

 

5

Kashqadaryo viloyati

19 326,7

 

6

Navoiy viloyati

3 171,8

 

7

Namangan viloyati

13 272,9

 

8

Samarqand viloyati

16 717,1

 

9

Surxondaryo viloyati

11 417,8

 

10

Sirdaryo viloyati

3 080,2

 

11

Toshkent viloyati

3 159,1

 

12

Farg’ona viloyati

10 375,9

 

13

Xorazm viloyati

7 117,3

 

14

Toshkent shahri

186,1

 

21.06.2018 yil xolatiga

   

Hududlar nomi

Joriy yilning 14-20 iyun sanalarida amalga oshirilgan to’lovlar %da 

 
 

Hammasi

100%

 

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

100%

 

2

Andijon viloyati

100%

 

3

Buxoro viloyati

100%

 

4

Jizzah viloyati

100%

 

5

Kashqadaryo viloyati

100%

 

6

Navoiy viloyati

100%

 

7

Namangan viloyati

100%

 

8

Samarqand viloyati

100%

 

9

Surxondaryo viloyati

100%

 

10

Sirdaryo viloyati

100%

 

11

Toshkent viloyati

100%

 

12

Farg’ona viloyati

100%

 

13

Xorazm viloyati

100%

 

14

Toshkent shahri

100%

 

*Joriy yilning 21 iyun holatiga byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi to’lovlarining amalga oshirilishi bo’yicha g’aznachilik bo’linmalariga kelib tushgan barcha talabnomalar asosida tegishli tijorat banklariga mablag’lar to’liq o’tkazib berildi.

 

Concrete

“Xalqaro moliyaviy korporatsiya O’zbekistonning xususiy sektorini rivojlantirishga qaratilgan konsultativ xizmatlarni ko’rsatadi”. Bu haqda Xalqaro moliyaviy korporatsiyasining Evropa va Markaziy Osiyo davlatlarida davlat-xususiy sherikchiligi  yuzasidan konsultativ xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha menedjeri – Georgiy Petrov o’z tashrifi davomida aytib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 360-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «ORIENT AUDIT GROUP» auditorlik tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi hududida barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2018 yil 14 iyunda seriyasi AF 00542-sonli litsenziya berildi.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi buyrug’iga asosan 2018 yilning 11-12 iyul kunlarida (imtihon boshlanishi 2018 yil 11 iyul, soat 10:00da) O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasida o’tkaziladi (manzil: Toshkent shahri, Bodomzor yuli, 1A).

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:

 

F.I. F.I.
1. Bayburina Venera 20. Axmadxonov Ibroximxon
2. Kim Nataliya 21. Aliev Sherzod
3. Sharipova Mariya 22. Yulchiev Abror
4. Li Grigoriy 23. Tuychiboev Oybek
5. Nazirkulov Faxridin 24. Mirzaev Ergash
6. Raxmanov Jamshid 25. Ibragimov Abdugapur
7. Ashirbaeva Feruza 26. Xujakulov Azamat
8. Tursunov Xusniddin 27. Safarov Ilxom
9. Ismoilov Abror 28. Mirzaev Abdurafik
10. Ismailov Shuxrat 29. Ermatov Akmaljon
11. Toreshov Saulat 30. Klimachev Andrey
12. Voynova Olga 31. Kreyman Aleksandra
13. Maxkamova Aziza 32. Ergashov Asad
14. Abidov Rustam 33. Razzakov Ulugbek
15. Gaybulloev Muxidillo 34. Tilavov Ulashboy
16. Jabbarov Kamoliddin 35. Asaturov Grigoriy
17. Saidmurotov Shuxrot 36. Axmedov Nodir
18. Axmadulina Rufina 37. Pak Oleg
19. Saidov Jamol    


 

Koʻrsatkichlar

Soni, kishi

1.    Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami

36

shulardan kelmaganlar

12

2.    Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 

8

3.    Malaka imtihonidan oʻtmaganlar

12

4.    Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan  auditorlarning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan uzaytirilganlar

4

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo’linmalari xodimlari uchun “O’zbekiston Respublikasi 2018 yilgi soliq-byudjet siyosatidagi o’zgarishlar va asosiy yangiliklar” mavzusida sayyor o’quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur o’quv kurslarida 2018 yilda O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, davlat byudjeti parametrlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy byudjetlar mablag’larini boshqarishdagi mustaqilligini oshirish, davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishi - ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda axoli turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida umumiy tushunchalar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi “Qishloq xo’jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 149-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan nazorat ishlari yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

I. Moliya vazirligi tomonidan bugungi kunda davlat ehtiyojlariga paxta xom-ashyosini etishtirishni moliyalashtirish uchun 3,6 trln.so’m va g’alla hosilini etishtirishni moliyalashtirish uchun 1,2 trln.so’m, jami 4,8 trln.so’m miqdorida imtiyozli kredit resurslarini “Agrobank” depozitiga joylashtirildi.

Shuningdek, Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvatlash jamg’armasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan mablag’lar taqchilligining oldini olish uchun 400 mlrd.so’m foizsiz byudjet ssudasi ajratildi.

Concrete

Joriy yilning iyun oyida Fransiya Respublikasining Moliya vazirligining Halqaro aloqalar bo’yicha ma’suli janob Jak Orte boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Respublikasida Moliya vazirligi bilanuchrashuv bo’lib o’tdi.

2018 yilning 11 iyun kuni “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini Samarqand viloyatidagi byudjet tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlariga etkazish maqsadida tashkillashtirilgan seminarda Moliya vazirligi G’aznachiligi xodimlari ham ishtirok etdi.

Concrete

2018 yilning 12 iyun kuni Moliya vazirligi G’aznachiligiga Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining moliya-iqtisodiyot bo’yicha xodimi tomonidan telefon orqali murojaat qilinib, davriy moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda vujudga kelgan muammo yuzasidan murojaat qilindi.     

O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan 2018 yil 12 martda 25-22-raqam bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi”ning 10-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 4 iyundagi 94-sonli buyrug’i bilan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari lavozimlariga Malakaviy talablar” tasdiqlangan. 

Ushbu Malakaviy talablar bilan Siz bizning saytimizdagi “Moliyaviy nazorat - Moliyaviy nazorat bo’yicha normativ huquqiy hujjatlar” kichik bo’limida tanishishingiz mumkin.

 

2018 yil 1 may holatiga O‘zbekiston Respublikasida 3,3 mln. nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar mavjud bo‘lib, shundan 103,1 ming nafar (yoki 3,2%) fuqarolar pensiyaga chiqqandan so‘ng ish faoliyatlarini davom ettirishmoqda.

Amaldagi qonunchilik talablariga asosan, pensionerlar ishga joylashgan taqdirda ularga pensiyalar 50% miqdorida ish joyidan amalga oshiriladi (ayrim toifadagi pensionerlardan tashqari). Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ushbu tartib jahon amaliyotida boshqa davlatlarda mavjud emas.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Moliya organlari oldiga qo’ygan vazifalari ijrosini so’zsiz bjaralishini ta’minlash maqsadida 2018 yilning 6 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi rahbariyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha G’aznachilik boshqarmalari boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Byudjetni tuzish va g’aznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat metodologiyasi boshqarmasi tashabbusi bilan “Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari faoliyatini tashkillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar va takliflar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Mazkur davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralar, jumladan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus kasb, hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tizimlarida tashkil etilgan Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari vakillari hamda boshqarma xodimlari ishtirokida Ichki audit va moliyavaiy nazorat xizmati sohasida vazirlik va idoralar hamda Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilgan shuningdek rejalashtirilayotgan ishlar to’g’risida muzokaralar olib borildi.

Andijon, Navoiy, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlari boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalari xodimlari tomonidan Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunning mazmun mohiyatini byudjet tashkilotlari va hududlardagi tadbirkorlik subʼektlariga yetkazish maqsadida davlat xaridlarining barcha turlari uchun maxsus axborot portali joriy etilgani va unda elektron doʻkon va auktsionda gʻolibni aniqlash inson omilisiz elektron tizim orqali amalga oshirilishi seminar ishtirokchilariga tushuntirildi.

Concrete

Yig'ilishning uchinchi kuni axborot xavfsizligi talablarini va foydalanish huquqlarini taqsimlashni hisobga olgan holda markazlashtirilgan hisob-kitob tizimlarini yaratish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish bilan boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi moliya idoralaridagi vakant lavozimlarga salohiyatli va iqtidorli yoshlarni ishga joylashtirish boʻyicha birgalikda amalga oshirayotgan xarakatlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil may oyining ikkinchi yarmi uchun (iyun oyning dastlabki birinchi 5 ish kuni ichida) ish haqi toʻlovlarini toʻlanishi yuzasidan tizimli monitoring natijalari boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davlat boshqaruvi organlarining barcha boʻgʻinlarida kadrlarning amaliy zahirasini shakllantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu borada Moliya vazirligi tizimida bir qancha amaliy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. 

Concrete

Rossiyaga kelishning ikkinchi kunida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot hisoblash Markazining Federal Soliq xizmati Axborot tehnologiyasi bo'limlari rahbarlari bilan uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda AKTni joriy etish sohasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Concrete

Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o'rtasida imzolangan memorandum doirasida Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining AT-bo'limlari mutaxassislari o'rtasida hamkorlik bo'yicha ishlar boshlandi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Namangan va Sirdaryo viloyatlari bo’yicha G’aznachilik boshqarmalari xodimlari tomonidan Davlat xaridlari to’g’risidagi qonunning mazmun mohiyatini byudjet tashkilotlari va hududlardagi tadbirkorlik sub’ektlariga etkazish maqsadida seminar yig’ilishlari o’tkazilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur seminarlarda davlat xaridlarining barcha turlari uchun maxsus axborot portali joriy etilgani va unda elektron do’kon va auktsionda g’olibni aniqlash inson omilisiz elektron tizim orqali amalga oshirilishi seminar ishtirokchilariga tushuntirildi.

Concrete

2018 yilning 29 may kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Farg’ona va Xorazm viloyatlari bo’yicha G’aznachilik boshqarmalari mutaxassislari hamda mudofaa idoralari rahbarlari va hisobchilari ishtirokida mudofaa majmui organlari muassasalari va tashkilotlarining byudjet xarajatlari g’azna ijrosi tartibi to’g’risida seminar yig’ilishlari o’tkazildi.

Mazkur yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo’mitasi korxonalari, tashkilotlari, muassasalari hamda harbiy qismlari xarajatlarni amalga oshirish jarayoni va tashkilotlarning tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalariga asosan amalga oshiriladigan to’lov jarayonining qulayliklari seminar ishtirokchilariga tushuntirib berildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi 383-sonli Qaroriga asosan, “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona g’azna hisobvarag’idagi vaqtincha bo’sh mablag’larni depozitlarga joylashtirish tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yosh Etakchilar Kengashi tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosatini” amalga oshirish maqsadida Namangan viloyati bo’yicha 2018 yilga mo’ljallangan chora-tadbirlar dasturining ijrosi tahlili hamda xududiy boshlang’ich tashkilotlar uchun ko’mak ko’rsatish bo’yicha davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida Moliya vazirligi Yoshlar etakchilar kengashi a’zolari va Namangan viloyati Moliya, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, G’aznachilik boshqarmalarining yosh xodimlari va boshlang’ich tashkilot etakchilari ishtirok etdilar.

Concrete

Moliya vazirligida Bosh vazir o’rinbosari-moliya vaziri Jamshid Qo’chqorovning “Evergreen Motors Group” kompaniyasining raisi – Kim Chang Keon bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida investitsiyalar sohasi hamda hamda o’zaro hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarning ishga tushirilishi bo’yicha masalalar muhokama qilindi. Xususan, Seul va Toshkent shaharlarida qo’shma biznes-markazlarning ochilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu biznes – markazlar ikki mamlakat tadbirkorlarining yangi texnologiyalarning tijoratlashtirilishiga hamda Koreya investitsiyalarining O’zbekistondagi eksportga yo’naltirilgan kichik va o’rta korxonalariga jalb qilishga hissa qo’shishiga qaratilgan. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi hamda Fransiya Respublikasi o’rtasidagi  moliyaviy-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash kelishuviga erishish maqsadida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o’rinbosari – Ahadbek Haydarovning  Fransiya taraqqiyoq agentligining (FTA) Osiyo yo’nalishi bo’yicha direktor o’rinbosari – Jan-Klod Pires boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi toʻloviga Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar va ularning miqdorlari toʻgʻrisida jamoatchilikning xabardorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

2018 yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 35 034 mlrd.soʻm ajratilgan boʻlib, shundan 68 foizi ish haqi toʻlovlari uchun yoʻnaltirilgan. Jumladan, ish haqi toʻlovlari quyidagicha taqsimlangan:

xalq taʼlimiga – 12 169,8 mlrd.soʻm;
oliy va oʻrta maxsus taʼlimga – 4 007,9 mlrd.soʻm;
sogʻlikni saqlashga – 6 835,3 mlrd.soʻm; 
madaniyat va sportga– 741,5 mlrd.soʻm.

Concrete

Pensiya ta’minoti tizimi mehnatga layoqatsiz va kam ta’minlangan fuqarolarning turmush darajasini ta’minlashga va qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy xarakterga ega bo’lgan qator chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu tizim 3,3 mln.dan ortiq fuqarolarni o’z ichiga olib, mamlakat aholisining taxminan 10 foizini qamrab oladi.

O’zbekiston Respublikasida davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirishga doir muayyan ishlar amalga oshirilgan bo’lib, umumqabul qilingan pensiya sug’urtasi tamoyilini joriy etish bilan bog’liq tizim modernizatsiyasi amalga oshirilgan.

Concrete

2018 yilning 25 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashabbusi bilan “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Ochiq muloqotda Moliya vazirligining, buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalarining vakillari, xalqaro va milliy auditorlik tashkilotlarining rahbarlari hamda auditorlari ishtirok etdi.

Concrete

2018 yilning 24 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “UZBEKTELECOM” Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish Markazi  binosida “Yoshlar – Korrupsiyaga qarshi” mavzucidagi videokonferensiya oʻtkazildi. 

Mazkur videokonferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha Jamlanma rejasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishi yuzasidan 2018 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi doirasida tashkil etilgan.

Concrete

2018 yil 23 may kunida Surxondaryo viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi, OʻzRTXAB Surxondaryo filiali bilan birgalikda  Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xaridlari toʻgʻrisida Qonuni,  byudjet tashkilotlari tomonidan UzASBO dasturiy majmuida buxgalteriya xisobini yuritilishida shartnomalar va hisob-fakturalarni elektron tarzda takdim etish va boshqa masalalarga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi. Seminarga viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi, Termiz shahar, Angor va Termiz tumanlari boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimlari, Termiz shahar, Angor va Termiz tumanlari hududida joylashgan byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar bosh hisobchilari ishtirok etdilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Iyul 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 548 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd