РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'zbekiston yangiliklari

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 fevral kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda eksport hajmini oshirish borasidagi eng muhim vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Unda Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, videokonferensaloqa orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar rahbariyati, yirik kompaniyalar vakillari, elchilar ishtirok etdi. 

Eksport – iqtisodiyot barqarorligining asosiy omili. Valyuta zaxiralarini koʻpaytirishning yagona yoʻli ham eksport hajmini keskin oshirishdir. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 07 Fevral 2019 09:32

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Germaniya, Fransiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qabul qilingan “yoʻl xaritalari” ijrosini soʻzsiz taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Investitsiya iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Shu bois, bu masala davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda. 2019 yil mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilindi. Bu yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. 

Yigʻilishda mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish orqali biznesni rivojlantirish, ish oʻrinlari yaratish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, lekin bu hali yetarli emasligi taʼkidlandi. 

Investitsiya bilan shugʻullanuvchi kadrlar yetishmaydi. Investorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish zarur. Shu bois, bu soha boʻyicha hali yana koʻp ishlashimiz, izlanishimiz kerak. Xorijdan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 30 yanvar kuni Jizzax viloyatiga keldi. 

Xalqimiz davlatimiz rahbarining viloyatlarga tashrifini alohida qiziqish bilan kuzatib boradi. Zero, bu kabi tashriflar chogʻida oddiy odamlar dilidagi gaplar aytiladi, hayotiy muammolarga yechim topiladi, yangi tashabbuslar, gʻoyalar amalga oshishiga turtki beriladi. 

Prezidentimizning Jizzax viloyatiga bu galgi tashrifi ham ana shunday koʻtarinki ruhda boshlandi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 31 Yanvar 2019 09:43

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Yigʻilishda qayd etilganidek, iqtisodiyot rivojlanishi va tadbirkorlar faoliyati uchun katta toʻsiq boʻlib kelgan valyutani erkin sotib olish va sotish borasidagi cheklov va muammolar bartaraf etildi. Eʼtiborlisi shundaki, oldingi yillarda eksport tushumlari boʻyicha majburiy sotuv talabi bor paytda eksportdan tushgan valyuta tushumlarining ichki bozorga ishlatilishi 30 foizni tashkil etgan boʻlsa, bunday cheklov va talablar olib tashlanganidan keyin ushbu koʻrsatkich 61 foizga yetdi. 

Buning natijasida tashkilotlar oʻzlari uchun zarur xom ashyo va asbob-uskunalarni xarid qilish, joriy va investitsiya ehtiyojlarini qoplash imkoniyatiga ega boʻldi, shuningdek, oʻtgan yili sanoat hajmi 14,4 foiz, eksport tushumi 19 foiz oʻsdi va eksportyorlarning banklarga sotgan valyutasi miqdori 1,9 barobar oshishiga erishildi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 31 Yanvar 2019 10:01

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni 2019 yilda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga oid maʼlumotlar bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbari 2018 yil 21 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida poytaxtimizga yirik biznes vakillari va salohiyatli investorlarni jalb qilish, shaharda eng qulay investitsiya muhitini yaratish zarurligini taʼkidlagan edi. 

Shunga muvofiq, joriy yil 4 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga koʻra, 2019 yilda Toshkent shahri iqtisodiyotiga 2 milliard 700 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etish, buning evaziga 273 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi. 

Tashrifning ikkinchi kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahrida Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder bilan uchrashdi. 

Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoʻydi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 23 Yanvar 2019 11:52

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. 

21 yanvar kuni Berlin shahridagi Belvyu saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi. 

Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qoʻydi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya poytaxti Berlin shahriga keldi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tegel xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Germaniya rasmiy shaxslari kutib oldi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 17 yanvar kuni amaliy tashrif bilan Hindistonning Ahmadobod shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Ahmadobod xalqaro aeroportida Hindiston Respublikasi rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

Prezidentimiz 18 yanvar kuni Gujarat shtati markazi Gandinagar shahrida “Joʻshqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etadi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 18 Yanvar 2019 09:30

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni “Joʻshqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga joʻnab ketdi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 18 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi, shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara oʻtkazadi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 17 Yanvar 2019 16:07

Concrete

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida boʻladi.

Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar oʻtkaziladi.

Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar oʻrin olgan.
 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 16 Yanvar 2019 09:46

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar boʻlimiga tashrif buyurdi. 

Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohani takomillashtirish maqsadida keyingi ikki yilda 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. 

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 14 fevraldagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etildi. Ichki ishlar organlari barcha boʻgʻinlarining tuzilmasi va vakolatlari qayta koʻrib chiqilib, poytaxtimizda tajriba tariqasida 73 ta ichki ishlar boʻlimi tashkil etildi. Xodimlarning 65 foizi aholiga yaqin boʻlishi uchun quyi boʻgʻindagi ichki ishlar boʻlimlariga oʻtkazildi. Ularning bevosita joylarda samarali xizmat oʻtashi uchun munosib ijtimoiy-maishiy sharoit yaratib berildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 11 Yanvar 2019 09:50

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Unda hukumat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi. 

Faol investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishning eng muhim shartlaridan biridir. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019 yil mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb eʼlon qilindi. 

2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

Concrete

Qadrli vatandoshlar!

Muhtaram do’stlar!

Mana shu hayajonli, fayzli damlarda jonajon O’zbekistonimizga 2019 yil kirib kelmoqda.

Siz, azizlarni, ko’p millatli xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga ulug’ boylik bo’lgan oilaviy baxt va salomatlik tilayman.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 04 Yanvar 2019 10:35

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20 dekabr kuni yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga toʻliq tatbiq qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 21 Dekabr 2018 09:46

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni AQSHning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSH Prezidenti yordamchisining oʻrinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha katta direktori Liza Kyortisni qabul qildi.

Avval xabar berganimizdek, Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisining oʻrinbosari Filip Voytex boshchiligidagi biznes-delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi, bugungi kunda Yashil taraqqiyot global instituti assambleyasi va Xalqaro olimpiya qoʻmitasining Etika boʻyicha komissiyasiga rahbarlik qilayotgan Pan Gi Munni qabul qildi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kredit ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Boʻsh mablagʻlarni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklari iqtisodiy jarayonlarda muhim oʻrin tutadi.

Bu borada koʻrilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash koʻlami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion soʻmlik kredit ajratildi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, BMTning Jeneva shahridagi boʻlinmasi bosh direktori Maykl Myollerni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Samarqandda oʻtkaziladigan Inson huquqlari boʻyicha birinchi Osiyo forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzli delegatsiyasi tashrifi Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganining yana bir tasdigʻi ekanini mamnuniyat bilan taʼkidladi. 

Oʻzaro aloqa va tashriflar sezilarli faollashgani mamlakatimizning Tashkilot tuzilma va institutlari bilan konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga qaratilgan samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgani qayd etildi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. 

Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 21 Noyabr 2018 10:21

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari tarkibida AQSH Vakillar palatasi aʼzolari Visente Gonsales, Ronald Estes, Rojer Marshall va Jennifer Gonsales Kolon ham boʻlgan delegatsiyani samimiy qutlar ekan, kongressmenlarni AQSH parlamentiga oraliq saylovning muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi. 

Keyingi yillarda koʻp qirrali Oʻzbekiston – AQSH hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil may oyida Vashingtonda boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergani taʼkidlandi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan bunyodkorlikishlari, yirikloyihalarbilan tanishish maqsadida 15-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonga tashriflari chogʻida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. Oʻtgan davrda hududda qator loyihalar hayotga tatbiq etildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini koʻzdan kechirdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimiz bosh moliyaviy hujjatining ijrosi hamda 2019 yilga moʻljallangan davlat byudjeti loyihasi muhokama etildi. 

Tadbirda dastlab joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosiga eʼtibor qaratilib, yil yakuni boʻyicha kutilayotgan prognoz natijalari muhokama qilindi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 

Davlatimiz rahbari barcha islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini yaxshilash ekani, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. 

Keyingi ikki yilda Prezidentning sohaga oid 50 ta farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 70 dan ziyod qaror va farmoyishlari qabul qilindi. 6 ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ular soni 16 taga yetdi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida hududlarda ularning 10 ta filiali ish boshladi. Tuman va shahar shifoxonalarida 306 ta yangi ixtisoslashgan boʻlim, 1 ming 200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 12 Noyabr 2018 10:19

Concrete

Joriy yilning 3-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasida 2018-yilning kutilayotgan yakunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi, Davlat byudjeti loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, iqtisodiyot sohalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan choralar joriy yil uchun belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlab berayotgani taʼkidlandi. 

Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi erkinligini oshirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek, agrar sektorni isloh qilish va valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha qabul qilingan tadbirlar natijasida 2018-yil yakunlariga koʻra, Davlat byudjetiga daromad tushumlari prognoz koʻrsatkichlarining oshirib bajarilishi kutilmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 06 Noyabr 2018 09:28

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-oktyabr kuni qishloq xoʻjaligini kompleks rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlar eksportini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. 

Keyingi ikki yilda qishloq xoʻjaligida tub islohotlar, tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Sohada bozor munosabatlarini joriy etish, qayta ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha juda koʻp ishlar qilindi. Fermer va dehqonlarning daromadini oshirish maqsadida yangicha tizim joriy qilinib, koʻplab dolzarb masalalar hal qilib berildi. Yetarli miqdorda mablagʻ ajratildi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 01 Noyabr 2018 09:48

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni joriy yilda Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi, 2019-yilga moʻljallangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, byudjet-soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Yigʻilishda joriy yil yakuni boʻyicha Davlat byudjeti daromadlari 74,5 trillion soʻm, xarajatlari esa 78,5 trillion soʻmni tashkil etishi, mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion soʻm yoki oʻtgan yilga nisbatan 6 barobar koʻp mablagʻ qolishi kutilayotgani qayd etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 31 Oktyabr 2018 09:36

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumaniga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilishi moʻljallangan loyihalar, istiqboldagi rejalar bilan tanishdi. 

Toshkent shahrining 2018-2019 yillardagi investitsiya salohiyatiga oid maʼlumotlarga koʻra, ikki yilda poytaxtimizda 417 ta loyihani amalga oshirish va buning natijasida 25 mingdan ziyod ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Ularning 264 tasi sanoat, 153 tasi xizmat koʻrsatish sohasiga tegishlidir. Joriy yilning 9 oyida jami loyihalar uchun 257,5 million dollar hajmdagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-oktyabr kuni oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Keyingi yillarda oliy taʼlimni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy taʼlim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi. 2018-yilda umumiy qabul kvotalari oʻtgan yilga nisbatan 30 foiz oshdi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 25 Oktyabr 2018 14:33

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-oktyabr kuni Oʻzbekistonda AQSH biznesi haftaligi tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yil may oyida AQSHga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalari strategik sheriklikning yangi davrini boshlash imkonini berdi. 

AQSHning “Jeneral Elektrik”, “Boing”, “SiEnEych Indastrial”, “Jon Dir”, “Xanivell”, “Silverlif”, “Uayt end Keys” va boshqa koʻplab kompaniyalari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va innovatsiya sohalaridagi oʻzaro hamkorlik kengaymoqda. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻldi. 

Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktyabr kuni boʻlib oʻtdi. 

Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Tashrif asnosida jami 20 ta hujjat imzolandi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 22 Oktyabr 2018 12:09

Concrete

Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari yakunida salmoqli hujjatlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qoʻshma bayonotni imzoladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024-yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021-yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish boʻyicha yoʻl xaritasi, Oʻzbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini taʼminlash toʻgʻrisidagi bitim, Toʻqimachilik sanoatida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim oʻzaro almashildi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi. Prezidentlar shu yerda qisqa suhbat oʻtkazdi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 24 Oktyabr 2018 10:45

Concrete

Bugun Toshkentda Oʻzbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi oʻz ishini boshladi.

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz”da forumning rasmiy ochilishi va biznes nonushta boʻlib oʻtmoqda. 

Tadbir davomida ikki mamlakat Hukumatlari vakillari, ishbilarmon doiralari oʻrtasida Rossiya hududlarining eksport salohiyati, eksportyor kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlashda Oʻzbekiston va Rossiya davlat idoralarining oʻrni, Oʻzbekistondagi yangi iqtisodiy zonalar istiqbollari, xorijiy investitsiyalar sohasi qonunchiligini takomillashtirish kabi masalalar muhokamasi kutilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 18 Oktyabr 2018 16:02

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. 

Davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatidaOʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar holati yuzasidan fikr almashadilar, strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, turli sohalarda yangi qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladilar. 

Concrete

15-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. 

Suhbat avvalida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqot va uchrashuvlar qardosh xalqlarimizning koʻp asrlik doʻstligini, oʻzaro hurmat, qoʻllab-quvvatlash va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-oktyabr kuni yurtimizga tashrif bilan kelgan Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyibni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining shu yil 4-5 sentyabr kunlari Oʻzbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlida tarixiy qadam boʻlganini taʼkidladi. 

Uchrashuvda bugungi kunda muqaddas islom dinining bagʻrikenglik tamoyillarini, maʼrifiy qadriyatlarini targʻib qilish, uning insonparvarlik mohiyatini asrash, diniy-maʼnaviy merosni tadqiq etish, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashish borasida Oʻzbekiston va Misrda katta ishlar qilinayotgani qayd etildi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018-yil 10-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari boʻyicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Moliyaviy bozorning rivojlanishi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy omili hisoblanadi. 

Concrete

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi. 

Tashrifning asosiy voqealari 9-oktyabr kuni boʻlib oʻtdi. 

Parij shahridagi Shon-sharaf maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Unda “Total”, “Total Eren”, “Orano”, “Fivs Shteyn”, “Ranjis Semmaris”, “Vinchi”, “Sues”, “Sad”, “Idemia”, “Mersiye”, “Tales Aleniya Speys”, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Fransiya taraqqiyot agentligi kabi Yevropa va jahon bozorida yetakchi kompaniyalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 09 Oktyabr 2018 12:16

Concrete

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-oktyabr kuni elektr energetika sohasidagi ishlar ahvolini chuqur tahlil qilish, tarmoqni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilashga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

– Elektr energetikasi iqtisodiyotning “motori” boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni, umuman hayotni bu sohasiz tasavvur qilib boʻlmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Mamlakatimizda jami 14 ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari mavjud boʻlib, uning 86 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga toʻgʻri keladi. 

Concrete

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻldi. 

Tashrifning ikkinchi kuni “Rashtrapati Bxavan” saroyida davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. 

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi. Davlatimiz rahbari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 27-sentyabr kuni ushbu mamlakatga tashrif buyurdi. 

Dushanbe xalqaro aeroportida Prezidentimizni Tojikiston Respublikasi Prezidenti kutib oldi. 

Prezidentlar Dushanbe shahrida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi. Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tashrif bilan samimiy qutlab, ushbu uchrashuv oliy darajadagi doimiy muloqotlarning izchil davomi ekanini taʼkidladi. 

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Concrete

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahriga yoʻl oldi. 

Oliy martabali mehmon sharafiga Dushanbe – Tursunzoda yoʻli bayramona bezatilgan. Yoʻl boʻylariga Oʻzbekiston va Tojikiston bayroqlari, pannolar oʻrnatilgan. Shiorlarda ikki davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli erishilgan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik va uning amaldagi samaralari aks etgan. 

Concrete

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, siyosiy iroda va birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi anʼanaviy yaqin va doʻstona munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini taʼkidladi. 

Oʻtgan yil kuzda Turkiyaga va joriy yil bahorda Oʻzbekistonga amalga oshirilgan davlat tashriflari davomida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, ular yakunida imzolangan muhim hujjatlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilgani alohida qayd etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 25 Sentyabr 2018 09:52

Concrete

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni mamlakatimizda boʻlib turgan Muvofiqlashtiruvchi guruhning yetakchi arab jamgʻarmalari delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajarni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Islom taraqqiyot banki bilan mamlakatimizda ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar loyihalarni amalga oshirishda koʻp yillik sheriklik qaror topganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Bugungi kunda Oʻzbekistonning ITB guruhi bilan oʻzaro manfaatli hamkorligi doirasida yurtimizga 1,9 milliard dollarlik imtiyozli kredit mablagʻlari jalb etilgan boʻlib, ular iqtisodiyotning turli tarmoqlariga oid loyihalarni oʻz ichiga oladi. 

Concrete

Samarali muzokaralardan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qoʻshma bayonotni imzoladi.

Tashrif doirasida sheriklikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha 19 hujjat imzolandi. 2019-2023-yillarda sotsial-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnoma va uni amalga oshirish dasturi ular orasida alohida ahamiyatga egadir.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 sentyabr kuni davlat byudjetiga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni toʻliq bajarish, 9 oy va yil yakuni boʻyicha belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish, paxta-toʻqimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Bugungi yigʻilishimizda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifa va maqsadli parametrlarni bajarish holatini muhokama qilib, yana qoʻshimcha rezervlarni ishga solish choralarini koʻrishimiz, yil yakunigacha 3,5 oy vaqt boʻlsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoqbelgilab olishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 13 Sentyabr 2018 14:20

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 2018 yil 12-14 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi. 

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng koʻlamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 11 Sentyabr 2018 10:08

Concrete

Muhtaram xalqaro anjuman ishtirokchilari! 

Qadrli doʻstlar! 

Xonimlar va janoblar! 

Bugun bagʻrikeng, mehmondoʻst, sanʼatsevar oʻzbek diyorida katta bayram, katta shodiyona. 

Concrete

Hujjatlarni imzolash marosimidan soʻng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazildi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisi 4 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni avtomobil transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish, transport xizmatlari koʻlamini kengaytirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. 

Concrete

 

Muhtaram Gurbanguli Malikguliyevich!

Hurmatli davlat rahbarlari! 

Hurmatli anjuman ishtirokchilari! 

Avvalambor, hurmatli Gurbanguli Malikguliyevichga mehmondoʻstlik va bugungi sammit Turkmaniston gavhari boʻlgan goʻzal “Avaza” sayyohlik zonasidayuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz. 

Oʻzbekiston Turkmanistonning Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raislik faoliyatini yuksak baholaydi. 

Turkmanistonlik doʻstlarimiz tomonidan ushbu serqirra tuzilma faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, uning xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha katta amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 25 Avgust 2018 09:59

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 24 Avgust 2018 09:42

Concrete

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Samarqandda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga doir loyihalar bilan tanishdi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 20 Avgust 2018 10:35

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon 2018 yil 17-18 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 16 Avgust 2018 10:03

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 15 Avgust 2018 16:01

Concrete

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prikni borib ko‘rdi. 

Poytaxtimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish, piyodalar uchun sharoit yaratish maqsadida ko‘plab ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prik shulardan biridir. 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1054 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd