РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamg'armasi

8026 marta ko'rildi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamg'armasi

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2731-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

Komissiyaning 2017 yil 30 dekabrdagi yig’ilish bayoni bilan 2018 yil Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish manzilli ro’yxati hamda Jamg’arma daromadlari va xarajatlari prognoz ko’rsatkichi tasdiqlandi. Shunga asosan Jamg’armaning 2018 yilgi daromadlari prognoz ko’rsatkichi 323,5 mlrd.so’m, xarajatlari 246,9 mlrd.so’m etib belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yilga investitsion va infrastruktura loyihalari ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3507-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2018 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo’yicha ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturi tasdiqlandi.

Mazkur manzilli dasturga asosan 2018 yilda jami 370 ta ob’ektlarda, jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 224 ta (umumiy qiymati – 149,3 mlrd.so’m), Xorazm viloyati bo’yicha 146 ta (umumiy qiymati 85,4 mlrd.so’m) ob’ektlarda qurilish, rekonstruktsiya, kapital ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi ko’zda tutilib, ushbu maqsadlar uchun jami234,7 mlrd.so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2017 yildan o’tuvchi 21 ta ob’ektlarni qurilish-montaj, rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlarini tugallash borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda 2018 yil manzilli dasturiga kiritilgan ob’ektlar bo’yicha loyiha-qidiruv ishlari xarajatlari bo’yicha manzilli ro’yxatlar shakllantirilib, moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Buyurtmachilar tomonidan 2018 yil ob’ektlari bo’yicha o’tkazilgan ichki tanlov natijalariga ko’ra manzilli ro’yxatlar shakllantirilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-sonli, 3 fevraldagi PQ-3507-sonli qarorlari asosida o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tkazish va moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasining 2018 yil daromadlar va xarajatlar rejasi

0.3MB /

Moliya vazirligi huzuridagi Orol boʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 10 Aprel 2018 15:02

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Yangiliklar taqvimi

« May 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 504 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!